Koreyada part-time ishlash — romantik film emas. Bu stress, tezlik, buyurtmalar, koreyscha gaplar, ba’zan qattiq muomala. Nobrand Burgerda oddiy kun edi. Bandlik, buyurtmalar, oshxona issiqligi. Men shunchaki ishimni qilardim. Tabassum qilish esa odatim — ataylab emas, shunchaki ichimdan chiqadi. O‘sha kuni ikki mijoz — opa-singil kelgandi. Oddiy suhbat, oddiy xizmat. Men uchun oddiy kun. Lekin ular uchun — boshqacha ekan.
Keyin menga xabar yozishdi. Va men o‘qiganimda bir oz jim bo‘lib qoldim. Ular shunday yozishdi:
“My brother and I very appreciated your kind smile… It’s not easy to smile to other people, especially when you are busy at work… We loved your attitude soooo much… You can make other person’s heart very warm.”
Ular hatto qo‘lda maktub yozib berishgan ekan. Unda shunday satrlar bor edi:
“일하시느라 바쁘신 와중에도 웃으면서 저희에게 음식을 건네 주셔서 감사합니다. 당신의 눈웃음은 정말 예뻐요.” (Ish bilan band bo‘lsangiz ham bizga tabassum bilan xizmat qilganingiz uchun rahmat. Ko‘z tabassumingiz juda chiroyli.)
Men o‘sha payt tushundim: ba’zida sen uchun oddiy bo‘lgan narsa, boshqasi uchun katta ta’sir bo‘lishi mumkin.
Bu joyi K-Drama kabi tuyulishi mumkin. Koreys qiz. Qo‘lda yozilgan maktub. Part-time ishlayotgan chet ellik talaba. Ammo hayot dramadan ko‘ra oddiyroq. Men bu voqeani romantik ssenariy deb emas, signal deb ko‘rdim. Chet elda yashayotgan erkak uchun eng muhim narsa — hurmat va xarakter. Sen kimligingni odamlar ish joyingda ko‘radi. Stress paytida kimliging chiqadi. Qattiq muomala qilasanmi yoki tabassum qilasanmi — shu sening darajangni ko‘rsatadi.
Men bu voqeani sevgi hikoyasi deb emas, o‘sish belgisi deb qabul qildim. Chunki chet elda biz — O‘zbekiston vakilimiz. Sen qanday bo‘lsang, ular O‘zbekistonni shunday tasavvur qiladi. Ba’zan kuch — baland ovoz emas. Kuch — nazorat. Sokkinlik. Tabassum.
Agar shunday real hayot hikoyalari qiziq bo‘lsa, Telegramga qo‘shil: 👉 @odilxanivich