Koreya haqidagi kontentni ko'rib, "EPS", "E-9 viza", "eps.go.kr" degan so'zlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Bu tizim O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi rasmiy mehnat migratsiyasining asosiy yo'li bo'lib, so'nggi yillarda juda katta e'tiborga sazovor bo'ldi, ayniqsa 2025 yilda Ulsan shahridagi Hyundai kemasozlik zavodiga o'zbekistonliklarni maxsus kvota asosida qabul qilish dasturi joriy etilgandan keyin. EPS — bu "Employment Permit System", ya'ni Koreyada xorijiy ishchilarni tartibga soluvchi rasmiy tizim bo'lib, bu tizim orqali Koreya hukumati qaysi mamlakatlardan, qancha ishchi qabul qilishini har yili belgilaydi. O'zbekiston bu tizimga 2007 yildan beri ulangan va hozirgi kunda eng faol ishtirokchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. E-9 viza olish jarayoni shartli ravishda bir necha bosqichdan iborat: birinchisi — EPS-TOPIK deb ataladigan koreys tili imtihonidan o'tish, bu imtihon O'zbekistonda yilda bir-ikki marta Toshkent va ba'zi viloyatlarda o'tkaziladi va natijalar eps.go.kr saytida e'lon qilinadi; ikkinchisi — imtihondan o'tgach, siz Koreyadagi ish beruvchilar tomonidan tanlanishingizni kutasiz, bu jarayon ba'zan bir necha oydan bir yilgacha cho'zilishi mumkin; uchinchisi — ish beruvchi sizi tanlasa, Bandlik vazirligi orqali rasmiy shartnoma tuziladi va E-9 viza uchun hujjatlar tayyorlanadi. Ulsan Hyundai dasturi esa biroz boshqacha ishladi: Farg'onada maxsus o'quv markazi ochilib, o'sha yerda 3 oylik kasbiy tayyorgarlik va koreys tili kursi o'tilib, so'ng bevosita Hyundai Heavy Industries yoki Hyundai Motor kabi gigant korxonalarda ishlash uchun viza beriladigan mexanizm sinov sifatida ishga tushirildi — va bu mexanizm dunyodagi 17 ta ishchi yuboradigan mamlakat orasida faqat O'zbekiston uchun birinchi marta qo'llanildi, bu oddiy raqam emas. Oylik maosh ko'pincha savol bo'ladi: E-9 visa bilan koreyada ishlovchi chet ellik qonuniy ravishda koreya minimal ish haqi asosida to'lanadi, 2025 yil uchun bu soatiga 9,860 won atrofida bo'lib, kuniga 8 soat, oyiga taxminan 2–2.5 million won brutto maosh demak — o'rtacha yashash xarajatlarini ayirib tashlaganda, yiliga O'zbekistonga jiddiy miqdorda pul yuborish mumkin, ayniqsa Ulsan kabi sanoat shaharlarida ijara nisbatan Seulga qaraganda arzon.
Endi ko'pchilik bilmagan, lekin bilishi kerak bo'lgan narsalarga o'tamiz. EPS tizimining eng katta kamchiligi — bu vaqt. Imtihondan o'tib, ish beruvchi tomonidan tanlanguncha va viza olgungacha bir yil, hatto undan ko'proq ketishi mumkin. Bu muddat davomida hayot to'xtab qolmaydi — shuning uchun ko'pchilik o'zbeklar bu davrda koreys tilini yanada chuqurroq o'rganishni, kasb-ko'nikmalarini rivojlantirishni yoki boshqa imkoniyatlarni ham ko'zdan kechirish kerakligini unutmasligi lozim. Ikkinchi narsa: EPS-TOPIK imtihoni nafaqat koreys tilini bilishni tekshiradi, balki Koreya mehnat qonunchiligi, xavfsizlik qoidalari va ijtimoiy tizim haqidagi savollarni ham o'z ichiga oladi — shuning uchun faqat grammatika o'rganish yetarli emas, maxsus imtihon tayyorgarlik materiallari bilan ishlash kerak, ularni eps.go.kr saytidan bepul yuklab olish mumkin. Uchinchi, juda muhim narsa: EPS orqali kelgan ishchilar ish beruvchini o'zgartirish uchun qat'iy cheklovlarga ega — agar ish beruvchi bilan muammo chiqsa, shunchaki boshqa joyga ketib qolish qonuniy emas va bu statusingizni xavf ostiga qo'yadi. Shuning uchun shartnomani imzolashdan oldin ish beruvchi haqida iloji boricha ko'proq ma'lumot to'plash kerak, Koreyada o'zbeklar yashaydigan hududlarda bu haqida ma'lumot olish unchalik qiyin emas. E-9 viza bir yilga beriladi va Koreyada uzaytiriladi, umumiy muddat dastlab 3 yil, so'ng 1 yilga bir marta uzaytirib 4 yil 10 oygacha bo'lishi mumkin — shundan so'ng mamlakatga qaytish yoki statusni o'zgartirish kerak. Agar siz Koreya tilini yaxshi bilsangiz, kasb malakasi bo'lsa va ish beruvchi rozi bo'lsa, E-7 (mutaxassis viza) ga o'tish imkoniyati ham mavjud — bu esa uzoq muddatli yashash uchun yangi eshiklarni ochadi. Koreya hukumati ham, O'zbekiston ham bu yo'nalishni faol rivojlantirmoqda, 2025 yil "O'zaro Almashinuv Yili" deb e'lon qilingan va bu ham yangi kvotalar, ham yangi o'quv markazlari ochilishiga olib kelmoqda.
📩 Telegram: https://t.me/odilxanivich
Keyingi maqolada: Koreyada uy ijarasi — Jeonse, Wolse va Goshiwon haqida yangi kelganlar bilishi kerak bo'lgan hamma narsa: o'qish uchun →
Savol yoki sharhlaringiz bo'lsa — Telegramda yozing: @odilxanivich 🇰🇷