Janubiy Koreyada Talabalar uchun 15 ta Eng Yaxshi Ish va Maosh (2026)

2025-12-25

Janubiy Koreyada o‘qiyotgan ko‘plab talabalar uchun ishlash oddiy holga aylangan. Sababi aniq: ijara, ovqatlanish, transport va boshqa kundalik xarajatlar anchagina qimmat. Shu bois talabalar darsdan bo‘sh paytida yarim stavkali ish topishga harakat qilishadi.

Ushbu maqolada 2026-yil holatiga ko‘ra Koreyada talabalar orasida eng ko‘p uchraydigan ishlar va ularning taxminiy maoshlari jamlangan. Ma’lumotlar umumiy bo‘lib, hudud, ish joyi va tajribaga qarab biroz farq qilishi mumkin.


Minimal ish haqi haqida

2025-yilda minimal ish haqi soatiga taxminan 10 030 vonni tashkil qilgan bo‘lsa,
2026-yildan boshlab bu ko‘rsatkich 10 320 von/soat etib belgilandi.

Bu degani, kafeda, do‘konda yoki oddiy xizmat sohasida ishlayotgan talaba ham qonuniy ravishda shu summadan kam maosh olmasligi kerak.


Talabalar uchun mashhur ishlar va maoshlar (2026)

Hisob-kitob oyiga o‘rtacha 80 soat (haftasiga 20 soat) ishlash asosida keltirilgan.

# Ish turi Soatlik maosh (KRW) Oylik maosh (KRW)
1 Kafeda barista 10,320 – 11,000 825,000 – 880,000
2 Restoran ofitsiantligi 10,320 825,000
3 Convenience do‘kon sotuvchisi 10,320 825,000
4 Supermarket kassiri 10,320 825,000
5 Ingliz tili repetitori 25,000 – 40,000 2,000,000+
6 Bolalar bog‘chasida yordamchi 10,000 – 11,000 800,000 – 880,000
7 Kutubxonada yordamchi 10,320 825,000
8 Kuryerlik (delivery) 11,000 – 15,000 880,000 – 1,200,000
9 Call-center operatori 10,000 – 12,000 800,000 – 960,000
10 Savdo markazida promouter 10,500 – 13,000 840,000 – 1,040,000
11 Tozalash xizmati 10,320 825,000
12 Kiyim-kechak do‘koni sotuvchisi 10,320 825,000
13 Fast-food restoran xodimi 10,320 825,000
14 Universitet kampusida yordamchi 10,320 825,000
15 IT texnik yordamchi 12,000 – 18,000 960,000 – 1,440,000

Koreya hayoti

Ishlash bo‘yicha muhim qoidalar

D-2 talaba vizasiga ega bo‘lganlar:

  • semestr davomida haftasiga 20 soatgacha,
  • ta’til vaqtida esa to‘liq stavkada ishlashi mumkin.

Ish boshlashdan oldin universitet va immigratsiya idorasidan ruxsat olish talab qilinadi.


Foydali havolalar