Koreyada birinchi oylik tushadigan kunni ko‘pchilik oldindan tasavvur qilib yuradi. “Pul keladi, hammasi joyiga tushadi” deb o‘ylaydi. Lekin real hayotda salary notification kelgan payt odam ko‘proq jim bo‘lib qoladi. Ayniqsa birinchi oy og‘ir o‘tgan bo‘lsa. Ertalabki sovuq, oyoqdagi og‘riq, metrodagi uyqu, tushunmagan koreyscha gaplar — hammasi birdaniga yodingga keladi. Ko‘pchilik birinchi qiladigan ish — Uzbekistan’ga pul jo‘natish. Hattoki o‘zida deyarli hech narsa qolmasa ham. Chunki bu yerda odam pulning qanday kelishini boshqacha his qiladi. 10–12 soat standing ish qilgandan keyin bir dona coffee ham “bekorga emas” degan hissiyot bilan olinadi. Ayniqsa factory yoki warehouse’da ishlaydiganlarda birinchi oylikdan keyin bir xil moment bo‘ladi: convenience store’dan qimmatroq ovqat olib, “endi o‘zim topdim” degan ichki yengillik. Lekin Korea’da pul topish bilan uni ushlab qolish boshqa masala ekanini odam keyin tushunadi. Birinchi salary kelganda ko‘pchilik branded narsa, yangi telefon yoki expensive jacket olishni xohlaydi. Chunki ichida “men ham Korea’daman” degan hissiyot yuradi. Real Korea esa kartadan pul minus bo‘lishini juda tezlashtiradi.
Bir narsani ko‘p odam aytmaydi: birinchi oylik kelgandan keyin sog‘inch kuchayadi. Oldin odam “ishga kirib olay” deb yuguradi, salary tushgandan keyin esa birinchi marta to‘xtab o‘ylaydi. Ayniqsa kechasi roomga qaytganda. Kimdir onasiga pul tashlaydi, kimdir otasiga yangi telefon olib beradi, yana kimdir shunchaki bank app’iga uzoq qarab o‘tiradi. Ko‘pchilik eng katta xatoni ham shu paytda qiladi — “endi pul kelyapti” deb o‘zini yo‘qotadi. Har hafta delivery food, unnecessary shopping, installment telefonlar, branded shoes. Korea’da kredit tizimi juda oson ko‘rinadi, lekin odamni sekin ichiga tortadi. Shuning uchun uzoq yurgan Uzbeklar odatda bir gap aytadi: birinchi oylik seni boy qilmaydi, seni hushyor qiladi. Puldan oldin routine’ga moslashgan odam uzoqqa boradi. Qolganlar esa bir necha oy o‘tib “Korea zeriktirdi” deb qoladi. Bu yerda eng qiziq narsa — odam katta bo‘lib qolganini passport emas, birinchi salary notification orqali his qiladi.
📩 Telegram: https://t.me/odilxanivich
Keyingi maqolada: Coupang warehouse’da bir kun ishlash odamni nega bunchalik charchatadi → o'qish uchun →
Savol yoki sharhlaringiz bo'lsa — Telegramda yozing: @odilxanivich 🇰🇷