Koreyada Ijara: Depozit, 월세 va Yotoqxona Haqiqatlari

2026-02-12

Koreyaga kelganimda eng katta shoklardan biri – ijara tizimi bo‘ldi. O‘zbekistonda uy olasan, 1 oylik to‘lov qilasan, yashaysan. Bu yerda esa birinchi savol: “Depozit qancha berasan?” Ba’zi joylarda 5 million won, ba’zida 10 million, hatto 20 milliongacha depozit so‘rashadi. Ha, noto‘g‘ri o‘qimading. Bu pul seniki, lekin uy egasida turadi. Agar zarar qilmasang, chiqayotganingda qaytariladi. Lekin muammo shundaki – talaba uchun bu pulni yig‘ishning o‘zi alohida stress. 월세 (wolse) esa har oy to‘lanadigan ijara. Masalan, 5 million depozit + 400,000 won oyiga. Bu tizim boshida og‘ir tuyuladi, lekin tushunib olsang – strategiya qilish mumkin.

Koreyada 월세 xona Talabalar uchun 3 ta asosiy variant bor: yotoqxona, 원룸 (bir xonali studio), yoki share house. Yotoqxona arzonroq, lekin qoidalari qattiq: komendant vaqti, mehmon olib kira olmaysan, shaxsiy hudud kam. 원룸 erkinlik beradi, lekin depozit talab qiladi. Share house esa o‘rtacha variant — depozit kamroq, lekin oshxona va ba’zi joylar umumiy. Men shaxsan birinchi kelganimda arzon joy tanlaganman, lekin ish va gym uzoq bo‘lgani sababli har kuni 2-3 soat yo‘lda yo‘qotganman. Keyin tushundim: arzon uy doim ham foydali emas. Vaqt ham pul. Koreya yotoqxonasi Koreyada ijara tizimini oddiy diagram bilan tushuntiraman:

Pul → Depozit (katta summa, qaytariladi) ↓ Har oy → 월세 (oylik to‘lov) ↓ Qo‘shimcha → Gaz / Elektr / Internet Eng katta xato — faqat oylik narxga qarab qaror qilish. Doim 3 narsani hisobla:

Ishgacha masofa

Universitetgacha masofa

Kundalik harakat vaqti

Agar 150,000 won arzon joy olsang-u, lekin har kuni 1 soat ko‘proq yo‘lda bo‘lsang — bu sening energiyangni o‘ldiradi. Chet elda erkak uchun energiya — eng katta kapital.

Koreya 원룸 studio Xulosa oddiy: agar puling kam bo‘lsa, yotoqxona yoki kichik depozitli share house boshlash uchun yaxshi. Agar ishlayotgan bo‘lsang va uzoq muddat qolmoqchi bo‘lsang — joylashuvni birinchi o‘ringa qo‘y. Depozitdan qo‘rqma, lekin hisob-kitobsiz qaror qilma. Koreyada yashash — bu strategiya o‘yini.

Keyingi postda yozaman: “Koreyada 1 Million Won Qarzdor Bo‘lib Qanday O‘sish Mumkin?” — real reja va mindset haqida.

Agar bu maqola foydali bo‘lsa, Telegram kanalga qo‘shil: 👉 @odilxanivich