Maqsadsiz ishlash vs aniq maqsad bilan kurashish

By Odilxanivich · IELTS · TOEIC · TOPIK Instructor, South Korea2026-04-15

Ko‘pchilik odamlar ishlaydi, lekin nega ishlayotganini bilmaydi. Har kuni ertalab turadi, ishga boradi, charchaydi, qaytadi va yana shu sikl davom etadi. Bu — maqsadsiz ishlash. Bu holatda odam pul topayotgandek tuyuladi, lekin aslida u o‘z vaqtini sotyapti. Bunday hayotda o‘sish yo‘q, ichki motivatsiya yo‘q, faqat majburiyat bor. Aksincha, maqsad bilan ishlaydigan odamlar bor — ular ham charchaydi, ular ham qiynaladi, lekin farqi shundaki, ular nima uchun bu qiyinchilikni tanlayotganini biladi. Ular uchun ish — faqat pul emas, balki kelajak investitsiyasi. O‘qish qiyin bo‘lsa ham davom etadiganlar, kechasi uxlamay o‘z ustida ishlaydiganlar, boshqalar dam olayotganda o‘sishni tanlaydiganlar — aynan shu odamlar keyin boshqalardan ajralib chiqadi. Sababi ular qisqa muddatli qulaylikni emas, uzoq muddatli natijani tanlaydi. Haqiqat shuki: maqsadsiz ishlash seni charchatadi, maqsad bilan ishlash esa seni quradi.

Koreya hayoti

Hayotda eng katta xatolardan biri — qiyinchilikdan qochish. Chunki aynan qiyinchilik sening darajangni oshiradi. O‘qish qiyinmi? Demak o‘sayapsan. Ish og‘irmi? Demak kuchayapsan. Lekin agar sen faqat oson yo‘lni tanlasang, sen hech qachon o‘zgarmaysan. Bugun ko‘p odamlar “motivatsiya yo‘q” deydi, lekin aslida ularda maqsad yo‘q. Maqsad bo‘lsa, motivatsiya shart emas — intizom ishlaydi. Shuning uchun savol oddiy: sen shunchaki ishlayotgan odamlardan bo‘lasanmi yoki ongli ravishda o‘z hayotingni qurayotganlardanmi? Agar sen haqiqatan ham boshqacha natija xohlasang, boshqacha yashashing kerak. Qiyin bo‘lsa ham o‘qishni tanla, charchasang ham davom etishni tanla, chunki hozirgi og‘riq — bu kelajakdagi erkinlikning narxi.

📩 Telegram orqali ham kuzatib boring: @odilxanivich

Odilxanivich

Odilxanivich

IELTS · TOEIC · TOPIK Instructor · South Korea

International language instructor based in South Korea. Helping students worldwide achieve top scores in IELTS, TOEIC, and TOPIK through real strategies and first-hand teaching experience.

Learn more →